Unired

Ortiqcha hujjatlarsiz, boshlang‘ich to‘lovlarsiz, 26 milliongacha bo'lgan yangilanuvchi limitgacha va 500 dan ortiq hamkor do'konlarda bir necha xaridlarni muddatli to'lov sharti bilan amalga oshirish imkoniyatiga ega Muddatli To'lov kartasi

Karta ochish shartlari

Karta ochishga ariza berish uchun pasport, STIR va kamida 1 200 000 so‘m muntazam oylik ish haqi kartasi (UzCard, Humo) kerak bo’ladi. Oylik abonent to'lovi 10 000 so'm. Ariza berish vaqtida mijoz kartada 10 000 so'm bo'lishi kerak.

Kartaga ariza qoldirish

Unired kartasi uchun istalgan hududdan turib onlayn, hamda oflayn tarzda ariza qoldirishingiz mumkin. Arizani www.unired.uz saytida, hamkor do‘konlarda, hamda, Unired Mobile mobil ilovasi orqali qoldirishingiz mumkin.

Unired Tariflari

Tarif oylik ish haqi kartangizga tushadigan maoshingizdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Buni siz jadvalda ko‘rishingiz mumkin. Har 9 oyda 3ta transh tarzida 2 million so'mdan qo'shilib maksimal limitga yetadi.

Plastik kartada chiqarilgan ish haqi miqdori Dastlabki limit Maksimal limit
1 200 000 4 000 000 10 000 000
1 500 000 5 500 000 11 500 000
2 000 000 7 000 000 13 000 000
3 000 000 10 000 000 16 000 000
4 000 000 13 000 000 19 000 000
5 000 000 16 000 000 22 000 000
6 000 000 18 000 000 24 000 000
7 000 000 20 000 000 26 000 000

Karta holati va uni olish

Arizangiz holatini sizga yuborilgan kod orqali kuzatib borishingiz mumkin. Karta tayyor bo‘lganidan so‘ng sizga sms xabar jo‘natiladi. Kartani olib ketish uchun original pasportingiz bilan tashrif buyurishingiz kerak bo‘ladi. Yetkazib berish xizmati mavjud bo‘lib, xizmatdan foydalanish uchun qo‘ng‘iroq qilib, ariza qoldirasiz. Xizmat bepul.

Kartani ishlatish

Unired kartasi 500 dan ortiq hamkor do‘konlarda 3 / 6 / 9 / 12 oy muddatga foizsiz va boshlang‘ich to‘lovlarsiz xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi. Hamkor do‘konlarni siz ro‘yxatda ko‘rishingiz mumkin.

To’lov grafigini kuzatish

Xarid qilganingizdan so‘ng to‘lov grafigini ko‘rishingiz mumkin. Siz xarid qilgan muddatdan va summadan kelib chiqib, grafik 3 / 6 / 9 / 12 oyga bo‘linadi va 28-dan 5-sanagacha oylik ish xaqi kartangizdan yechib boriladi. Siz muddatdan avval to‘lovni qaytarishingiz mumkin. Buning uchun Unired Mobile ilovasi orqali, PayMe, UzCard orqali kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoningiz mavjud. Oyma-oy yechilgan summa qaytib Unired kartasiga kelib tushadi va ushbu tushgan summani qayta sarflash imkoniyatingiz mavjud. Ya’ni, mablag‘dan 4 yil mobaynida foydalanasiz. Siz faqat Unired kartasidagi mablag‘lardan ishlatilgan summani oyma-oy qaytarasiz. Unired kartasida qolgan summaga foiz va penyalar yozilmaydi va uni istalgan vaqtingizda sarflashingiz mumkin.